AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirus bilan bog`liq vaziyat keskinlashmoqda

'Xitoyda koronavirus bilan bog`liq vaziyat keskinlashmoqda'ning rasmi

Xitoyning Chanchun shahri koronavirus bilan bog`liq keskin ko`paygani sababli karantinga olindi. Bu haqda Associated Press ma`lum qildi. 

Ta`kidlash kerakki, Chanchun shahri Xitoyning yirik shaharlaridan biri hisoblanadi hamda bu erda 9 million aholi istiqomat qiladi.

Koronavirus bilan bog`liq holat ko`paygani sababli shahar aholisi uyda qolishi va kovidga test topshirishlari, kichik sanoat korxonalari o`z faoliyatini to`xtatadi hamda transport harakatlari to`xtatilgan. 

Xitoyda juma kuni 397 ta koronavirus holati qayd etilgan, ulardan 98 tasi Chanchun shahrida aniqlangan.  

Ma`lumot uchun, Xitoyda  pandemiya davrida 112,9 ming kishi kasallik aniqlangan, 4,6 ming kishi vafot etgan, 103,2 ming kishi tuzalgan. 

    Boshqa yangiliklar