AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida avtobus yonib ketdi

'Toshkent viloyatida avtobus yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Yangiyo`l tumanida avtobus yonib ketganligi bo`yicha ma`lumot berildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi ma`lumot berdi

Bugun, 2022 yil 11 mart kuni soat 17:00 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani, "Yangiyo`l" MFY hududidan o`tuvchi "Toshkent-Termiz" avtomobil yo`lining 838-kilometrida haydovchi, 1957 yilda tug`ilgan K.T. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli avtobusda yong`in yuzaga kelgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtobusga zarar etgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Yangiyo`l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar