"Qamchiq" dovonidan o`tgan avtomobil yo`lining 236-241 kilometrlari oralig`ida (ikki tunnel oralig`i) maydalab qor yog`moqda. Yo`lni qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida olib borilmoqda. Bu haqda YHXBB ma`lum qildi.
"Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me`yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.






