AsosiyDunyo

Ukrainada 546 nafar tinch aholi vakili halok bo`lgan — BMT

'Ukrainada 546 nafar tinch aholi vakili halok bo`lgan — BMT'ning rasmi

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi natijasida tinch aholi vakillaridan kamida 546 kishi halok bo`lgan, yana 982 kishi yaralangan. Bu haqda kommersant.ru Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 564 halok bo`lganlar orasida - 106 erkak, 73 ayol, 6 qiz, 9 o`g`il, qolganlarning shaxsini aniqlash imkoni bo`lmagan. Jarohatlangan 982 orasida - 83 erkak, 67 ayol, 14 qiz, 4 o`g`il, qolganlarning shaxsini aniqlay olishmagan. 

"Rossiya kuchlari aholi punktlarida yoki uning yaqinida keng masofali qurollarni qo`llagan holda, beg`araz hujumlar natijasida tinch aholi halok bo`lmoqda va jarohat olgan. Bular orasida og`ir artilleriya snaryadlari, raketalar, havo hujumlari bor”, — dedi BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissarligi matbuot kotibi Liz Trossell.

    Boshqa yangiliklar