AsosiyDunyo

Ukrainadagi vaziyat tufayli dunyoga ocharchilik xavf solishi ma`lum qilindi — BMT

'Ukrainadagi vaziyat tufayli dunyoga ocharchilik xavf solishi ma`lum qilindi — BMT'ning rasmi

Ukrainadagi vaziyat va dunyoda oziq-ovqat narxining oshishi tufayli global ocharchilik xavfi ortib bormoqda. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi  rasmiy vakili Tomson Piri ma`lum qildi

"Qora dengiz havzasi don va qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtirish uchun muhim mintaqalardan biridir, — dedi u.

Rasmiy shaxsning aytishicha, jahondagi bug`doy eksportining 30 foizi, makkajo`xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizini aynan Ukraina va Rossiya ta`minlab beradi. 

Ishlab chiqarish va ta`minot zanjiridagi uzilishlar narxlarni oshiradi, dedi Piri. 

Uning qo`shimcha qilishicha, oziq-ovqat inflyasiyasidan millionlab odamlar jabr ko`rishi va ocharchilik yuzaga kelishi mumkinligi aytildi. 

    Boshqa yangiliklar