AsosiyJamiyat

EgyptAir samolyoti bortida portlovchi uskuna borligi haqidagi ma`lumot yolg`on bo`lib chiqdi

Bortida portlovchi uskuna borligi taxmin qilingan Misrning EgyptAir samolyoti Urganchga shoshilinch qo`nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edik. Uning bortida hech qanday portlovchi uskuna aniqlanmagan. Bu haqda Misr aviasiya vazirligiga tayanib  “Uz24.uz” nashri xabar bermoqda

“Samolyot parvozni davom ettirishga hozirlik ko`rmoqda. Uning bortida portlovchi uskuna borligi haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi”, —deyiladi xabarda. 

Ma`lumot uchun, A-330-220 samolyoti Qohira-Pekin yo`nalishida parvoz qilayotgan edi. Uning bortida 17 nafar ekipaj a`zolari va 118 nafar yo`lovchilar bo`lgan.

Boshqa yangiliklar