AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi — O`zgidromet

'Bugun O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi — O`zgidromet'ning rasmi

«O`zgidromet» 12 mart, shanba kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar