Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro A.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilib, tumandagi bank filialidan uning xabardorligisiz 50,5 mln so`m onlayn kredit olganligi, shuningdek, bank filiali xodimi bilan o`zaro til biriktirib, 11 nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirib, jami 368 mln so`m kredit mablag`ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






