Kecha, 11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 254 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga etgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq olib kelindi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov axborot berdi.
Xabarga ko`ra, 28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar vatandoshimiz qaytarildi.






