AsosiyJamiyat

12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan 912 787 nafar bola Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi

'12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan 912 787 nafar bola Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi'ning rasmi

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, 11 mart holatiga ko`ra, yurtimizda 912 787 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 551 000  nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 361 787  nafarni tashkil qildi.

Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (192 060 doza), Samarqand (114 434 doza), Andijon (99 655 doza), Qashqadaryo ( 98 058 doza), Namangan (81 282 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.

 

    Boshqa yangiliklar