Tez orada Rossiya va O`zbekiston o`rtasida transport qatnovi to`liq tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Rossiya transport vazirligi koronavirus bo`yicha mamlakat tezkor shtabiga COVID-19 munosabati bilan xalqaro yo`lovchi tashishga nisbatan qo`yilgan cheklovni olib tashlash to`g`risida so`rov yubordi.
Bu tez kunlarda yaqin xorij davlatlari bilan temir yo`l qatnovi qayta yo`lga qo`yilishi mumkinligini anglatadi.
Avvalroq Rossiya O`zbekistonga koronavirus pandemiyasi tufayli amalga kiritilgan taqiqlarni bekor qilgani ma`lum bo`lgandi. Bu ro`yxatda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Eron ham bor.
Reyslar hukumatlararo havo qatnovi bo`yicha ikki tomonlama kelishuv qoidalari hamda aviasiya tarmog`i mutasaddi tashkilotlari o`rtasida tuzilgan alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.






