“Qamchiq” dovoniga harakatni vaqtinchalik cheklash uchun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida postlar tashkil etildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, quyidagi 5 ta hududda postlar tashkil etildi:
• A-373 avtomobil yo`lining 107-kilometrida (Piskent tumani, “Murotali” MFY);
• A-373 avtomobil yo`lining 131-kilometrida (Ohangaron tumani, Beskostin chorrahasi);
• A-373 avtomobil yo`lining 137-kilometrida (Ohangaron shahri, Rohat kafesi);
• A-373 avtomobil yo`lining 180-kilometrida (Angren shahar, Angren terminali oldi);
• A-373 avtomobil yo`lining 183-kilometrida (Angren shahridan chiqish).
Shuningdek, “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani munosabati bilan yo`lda qolib ketgan yo`lovchilarga maxsus reys orqali poezd qatnovi yo`lga qo`yilgan.
Ta`kidlanishicha, dovonning qor qatlami yig`iladigan joylari holati mustahkam emas, ko`chki xavfi mavjud.






