Xabaringiz bor, "Qamchiq" dovonida ko`chki xavfi e`lon qilinganligi tufayli avtomobillar harakati vaqtincha yopilgan edi.
Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 12 mart kuni soat 18:00 da "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
"Mazkur yo`ldan harakatlanib o`tuvchi haydovchilardan qoidalarga rioya qilgan holda, ehtiyotkor bo`lishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.






