Ozarbayjon qo`shni mamlakatlar qatori butun Evropaga gaz etkazib berishga tayyor. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Parviz Shahbazov ma`lum qildi.
"Agar kerak bo`lsa, Turkiyaga bo`lgani kabi qo`shni davlatlarga ham etkazib berishni ko`paytirishga tayyormiz. Evropaga etkazib berishni ko`paytirish uchun rejalashtirish zarur", - dedi Shahbazov.
Uning ta`kidlashicha, mamlakat butun Evropani ta`minlash uchun etarli miqdorda gaz zaxirasiga ega.
"Ozarbayjon bugungi kunda gaz ishlab chiqaradi va eksport qiladi hamda eksport imkoniyatlarini oshiradi. Bizda ma`lum sharoitlarda, investisiyalar bilan yaqin 100 yilda foydalanish mumkin bo`lgan zaxiralarimiz bor. Evropaga etkazib berish uchun zaxiralarimiz bor", - dedi energetika vaziri.






