12 mart holatiga ko`ra, yurtimizda 916 478 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 551 957 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 364 521 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (192 213 doza), Samarqand (114 434 doza), Andijon (100 428 doza), Qashqadaryo ( 98 153 doza), Namangan (81 493 doza) viloyatlarida yuqori ekan.






