Kecha, 12-mart kuni Toshkent shahrining “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida fuqarolar o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBBning bildirishicha, kiyim masalasidagi kelishmovchilik katta mojaroga aylangan.
Ma`lum qilinishicha, janjalga metro oldida joylashgan do`kon sotuvchilarining kiyim masalasida gap talashib qolishgani sabab bo`lgan. Ular o`rtasidagi kelishmovchilikka dastab tomonlarning onasi va singlisi qo`shilib, mojaro katta janjalga aylanib ketgan. Shundan so`ng voqea joyida bo`lgan yana ikki nafar fuqao ularni ajratishga harakat qilgan.
Janjal oqibatida sotuvchilardan biri engil tan jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






