AsosiyJamiyat

Andijonga katta miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirmoqchi bo`lganlar fosh etildi

'Andijonga katta miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirmoqchi bo`lganlar fosh etildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan yuk avtotransport vositalaridan biri belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, unga  hujjatlarda umuman qayd etilmagan 19 turdagi tovarlar ortilgani fosh bo`ldi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Asosan parfyumeriya vositalari, avto aksessuarlar, tikuv mashinasi ehtiyot qismlari, plyonka va suv nasosi korpusidan iborat mazkur tovarlarning umumiy qiymati 4 mlrd. so`mdan oshmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar