AsosiyJamiyat

"Bloger" Chorshanbiev qo`lga olindi

'"Bloger" Chorshanbiev qo`lga olindi'ning rasmi

Ushbu shaxsdan jabrlanganlar bo`lsa, Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo`limiga murojaat qilishlari so`ralmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilning avgust oyida fuqaro D.R.ga o`zini blogerligini aytib, uni aldab, ishonchiga kirib, 600 AQSh dollari evaziga uy-joy masalasi bo`yicha Fuqarolik ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudida ko`rilayotgan ishni internet ijtimoiy tarmog`iga joylash orqali ijobiy hal qilib berishni va`da qilib, O`zbekiston Respublikasi Milliy valyutasida 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarini olib, o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, U.Chorshanbiev o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, 2021 yil 07 sentyabr kuni fuqaro Yu.D.ni aldab, uning ishonchiga kirib, 2.000 AQSh dollari evaziga uning nohaq ishdan ketganligini internet ijtimoiy tarmog`iga joylash orqali unga etkazilgan moddiy zararni qoplab berishi va ishiga qayta tiklab berishligini va`da qilib, undan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib, o`zining ehtiyojlariga ishlatgan.

Shuningdek, U.Chorshanbiev o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, 2021 yilning noyabr oyida fuqaro R.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, 20.000.000 so`m evaziga unga sobiq turmush o`rtog`i bilan bo`layotgan Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko`rilayotgan ishda qatnashib, muammoni ijtimoiy tarmoqlarda ko`tarib, farzandini olib berishni, shuningdek Tergov bo`limi tomonidan ko`rilayotgan jinoyat ishi bo`yicha unga etkazilgan 14.000 AQSh dollari zararni qoplatib berishni va`da qilib, R.Z.ning 1.000.000 so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`zining ehtiyojlariga ishlatgan.

Shundan so`ng, Chorshanbiev Qashqadaryo viloyati hududida JQB xodimlari tomonidan ushlanib, Samarqand viloyat IIB PPX JTSBga qarashli VSXga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar