AsosiyDunyo

Rossiyada Instagram' bloklandi

'Rossiyada Instagram' bloklandi'ning rasmi

Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy aloqalar soxasida nazorat federal xizmati  bayonotiga ko`ra, rossiyaliklar, jumladan, harbiy xizmatchilarga nisbatan zo`ravonlik harakatlarini sodir etishga chaqiriqlar tarqalishi tufayli ijtimoiy tarmoqqa kirish cheklangan.

Shuningdek, rossiyaliklarga Instagram'ning bloklanishi haqida davlat xizmatlari portalining pochta ro`yxati orqali xabar berilgan. Unda  Rossiyada Instagram'ning raqobatbardosh internet platformalari, jumladan, VKontakte va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari mavjudligini eslatib o`tilgan.

"Umid qilamizki, sizning ushbu Internet muhitiga o`tishingiz tez sodir bo`ladi va kelajakda siz muloqot qilish va biznes yuritish uchun yangi imkoniyatlar ochasiz",- deyiladi pochta xabarida.

    Boshqa yangiliklar