AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarning 5 million rubl ish haqi undirib berildi

'Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarning 5 million rubl ish haqi undirib berildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining «Stroyservis» va «Koch Konstrakshn» korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 152 nafar o`zbekistonlik mehnat migrantlari oylik ish haqini undirib berishni so`rab Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.

Vakolatxona xodimlari tomonidan yurtdoshlarimizga huquqiy yordam berish maqsadida ular yashab turgan xostelga borilib, yuzaga kelgan muammo o`rganildi. Muammoni hal etish maqsadida Rossiya Federasiyasi Prokuraturasi, Tergov qo`mitasi va polisiya xodimlariga murojaat qilindi.

Rossiya huquq tartibot idoralari hamkorligida fuqarolarning bir oylik maoshlari, ya`ni 5 million rubl undirib berildi.

Ta`kidlash joiz, ayni paytda mazkur ish beruvchilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan va Tergov qo`mitasi tomonidan jinoyat ishi ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar