Aqto`be shahrida yuz bergan terakt munosabati bilan 9 iyun Qozog`istonda motam kuni deb e`lon qilindi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
“Aqto`be shahridagi terakt natijasida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va tinch aholining xotirasi uchun Qozog`iston Respublikasida 2016 yilning 9 iyuni milliy motam kuni deb e`lon qilinsin”, deb Qozog`iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev farmonga imzo chekdi.
Rasmiy saytda Nursulton Nazarboev hujum oqibatida harbiy xizmatchilar va tinch aholining halok bo`lganligini afsus va nadomat bilan ta`kidlagan: “Halok bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Payshanba, 9 iyunni halok bo`lganlarning xotirasi uchun milliy motam kuni deb e`lon qilaman. Topshirig`imga binoan ichki ishlar vazirligi hamda mahalliy hokimiyatlar halok bo`lgan va jabrlanuvchilarning oilasiga har tomonlama yordam ko`rsatadi”.





