AsosiyJamiyat

Navro`z bayrami munosabati bilan Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha tezyurar poezd harakati yo`lga qo`yiladi

'Navro`z bayrami munosabati bilan Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha tezyurar poezd harakati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yaqinlashib kelayotgan Navro`z bayrami munosabati bilan, yo`lovchilar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yil 19–25-mart kunlari Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poezdi qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston temir yo`llari AJ axborot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari 2021 yilning 31 dekabr - 2022 yil 4 yanvar, 2022 yil 21-23 mart va 2022 yil 1-2 sentyabr kunlarida quyidagi tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;  

- Oliy o`quv yurtlarining talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta`lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;  

-  Oilaviy bo`lib poezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

- Bir jamoa, guruh bo`lib poezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.

Eslatma: Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar