AsosiyDunyo

O`zbekiston va Turkiya COVID-19ga qarshi kurashish borasida kelishuvlarga erishdi

'O`zbekiston va Turkiya COVID-19ga qarshi kurashish borasida kelishuvlarga erishdi'ning rasmi

O`zbekiston va Turkiya o`rtasida COVID-19ga qarshi kurashish borasida kelishuvlarga erishildi. Bu haqda O`zbekiston hukumati portalida xabar berildi.

Ushbu kelishuvga ko`ra, endilikda ikki davlat qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o`zaro tan oladi.  

Tomonlar emlanganlik to`g`risidagi sertifikat egasiga, tomonlar davlatlarining hududiga COVID-19 tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi. 

Shuningdek, milliy darajada yoki Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to`liq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo`lsa, o`z mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadi.  

    Boshqa yangiliklar