AsosiyJamiyat

Ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi

'Ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–759-son, 14.03.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda  Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan biometrik pasport o`rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.

 Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo`qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.

 Oila kodeksida bolalarning tug`ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat`i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to`g`risida belgi qo`yilishiga oid norma chiqarib tashlandi.

️Er davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilganda fuqarolarga uning o`rniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bo`lsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.

Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi.

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o`tkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

️ ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).

    Boshqa yangiliklar