AsosiyJamiyat

Navro`z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e`lon qilindi

'Navro`z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e`lon qilindi'ning rasmi

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro`z bayrami munosabati bilan 19−20−21−22−23 mart kunlari yo`lovchi transporti va ziyoratgohlar uchun respublika bo`ylab chegirmalar joriy qilindi

Ta`kidlanishicha, mazkur qaror aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo`nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko`ra quyidagilarga:

  • "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan respublika aholisi uchun ichki qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma;
  • «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:
  • nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun — 50 foiz;
  • oliy o`quv yurtlari talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun — 15 foiz;
  • oilalar (ikki va undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona, nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun — 15 foiz;
  • kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun — 15 foiz;
  • «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilar uchun — 10 foiz chegirmalar;
  • «Vaqf» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Bundan tashqari, respublika bo`ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar va ovqatlanish shoxobchalari tomonidan ham ixtiyoriy chegirmalar berilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar