2022 yil 16 martdan O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo`nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Qozog`iston Respublikasi orqali Rossiya Federasiyasi va Qirg`iziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 16 mart kuni to`xtatilgan edi.
2022 yil 16 martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo`rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo`nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.






