AQShning sobiq prezidenti Barak Obama koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Siyosatchi o`zini yaxshi his qilayotganini bildirgan.
— Hozirgina koronavirusga topshirgan testning ijobiy natijasini oldim. Bir necha kundan beri tomog`im tirnaladi. Shuni hisobga olmaganda, o`zimni yaxshi his qilyapman, — deb yozgan Obama «Twitter»dagi sahifasida.
Ayni paytda uning rafiqasi Mishel Obamada koronavirus aniqlanmagan. Oldinroq ular koronavirusga qarshi qayta emlangani ma`lum bo`lgan edi.
Eslatib o`tamiz, Barak Obama 2009-2017 yillarda AQSh prezidenti bo`lgan. 2009 yilda u Tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.






