AsosiyJamiyat

"Vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi"

'"Vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi"'ning rasmi

"O`zgidromet" 15 martga ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxt Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkinligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-11° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar