Prezident farmoniga ko`ra, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV va Xotin-qizlar va oila ishlari qo`mitasi 2022 yil 1 iyunga qadar quyidagilar nazarda tutilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim bo`ladi:
- Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha`ni va nomusini kamsituvchi ma`lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;
- Ayolni o`z homilasini sun`iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
- yaqin qarindoshi bo`lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati etkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
- tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;
- ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagan shaxsga nisbatan haq to`lanadigan jamoat ishlariga yoki boshqa ishga majburiy jalb qilish tarzidagi ma`muriy huquqbuzarlikka oid jazo turini belgilash;
- chet el fuqarosi O`zbekiston hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun sudlangan yoki ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lsa, unga nisbatan O`zbekistondan chiqarib yuborish va O`zbekistonga kirish huquqini cheklash bo`yicha majburlov choralarini qo`llamaslik.






