Aynan shu antisiklon oxirgi paytlarda janubdan tinmay rivojlanayotgan yomg`irli janubiy siklonlar faolligiga ''chek qo`yadi''.
Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi.
Qayd etilishicha, kelayotgan 4-5 kunlikda Rossiya sharqi va Ural-Volgabo`yi hududlarida ham anomal sovuqlar qayd etiladi.
Rossiyada kelayotgan hafta oxirlarida antisiklonlar birlashib yaxlit ''Sibir antisiklonini'' hosil qiladi.
14-17 mart "Kazgidromet" ham shu antisiklon ta`sirida Qozog`iston shimoli-g`arbida havo harorati minimumlari -17 -28 darajagacha sovuq bo`lishini prognoz qilmoqda.
"Antisiklon chet qismi kelayotgan dam olish kunlari O`zbekiston ob-havosini belgilaydi. Bir muncha sovuq, juda katta hududlarda yog`ingarchiliksiz kun bo`ladi. Aynan shu antisiklon oxirgi paytlarda janubdan tinmay rivojlanayotgan yomg`irli janubiy siklonlar faolligiga ''chek qo`yadi'' ",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, kelayotgan mart oyining uchunchi o`n kunligi yog`ingarchiliklarsiz o`tishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.






