Ayni kunlarda O`zbekistonda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti qator hududlarga sel kelishiga sabab bo`ldi.
Xususan, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Ayog`chi qishlog`iga kelgan sel aholi uyigacha kirib bordi. Bu haqda Zamon.uz' xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, seldan qishloqdagi bir necha xonadon zarar ko`rgan. Ko`chalar yurib bo`lmas ahvolga kelib qolgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi Yangiyo`l shahridagi RK-1 qozonxonasiga suv toshganligi holati yuzasidan ma`lumot berdi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi Axborot xizmatiga tayanib xabar berilishicha, bu qozonxonadan hozirda foydalanilmayapti va u joylashgan bino "snos"ga tushgan.
"Hozirda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yillar mobaynida o`z muddatini o`tab bo`lgan bu eski issiqlik qozonxonasi o`rnida yangi, zamonaviy va energiya tejamkor qozonlar o`rnatilgan yangi bino bunyod etildi",-deyiladi xabarda.
Avvalroq tinimsiz yog`ayotgan yomg`irning qishloq xo`jaligi mahsulotlariga ta`siri haqida yozgandik.






