O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra joriy yilning 17-20 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so`ngra Volga bo`yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar byuermoqda.
Qayd etilishicha:
- 17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 18-martda ba`zi joylarda yomg`ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.
- 17-martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.
- 18-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`shi kutiladi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi.
- 17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;
- 17-martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;
18-martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
- 19-20 martda kechalari havo harorati 0-3 daraja iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda havoda va tuproq yuzasida harorat 1-2 daraja sovuqgacha bo`lishi mumkin.
19-20 martda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va cho`l hududlarida harorat 2-6 daraja sovuqgacha, Qoraqalpog`istonning shimolida ba`zi joylarda harorat 7-10 daraja sovuqgacha bo`ladi.
Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`raydi.






