AsosiyJamiyat

Farg`ona politexnika instituti Mashinasozlik fakulteti talabalari o`rtasida o`tkazilgan QVZda qizlarning raqsi norоzilikka sabab bo`ldi (video)

'Farg`ona politexnika instituti Mashinasozlik fakulteti talabalari o`rtasida o`tkazilgan QVZda qizlarning raqsi norоzilikka sabab bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatidagi oliygohda o`tkazilgan tadbirda yuzlab talabalar oldida arabcha raqsga o`ynayotgan qizning harakatlari tarqaldi va bu jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqarmoqda. 

Holat yuzasidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot kotibi Mo`min Ibodov munosabat bildirdi. 

Aniqlik kiritilishicha, bu holat Farg`ona politexnika instituti Mashinasozlik fakulteti ma`naviyat bo`limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kuzatilgan. Izohga ko`ra, fakultet talabalari o`rtasida o`tkazilgan QVZ tadbirida turli xalqlarning milliy raqslaridan namunalar namoyish etilgan. Unda raqslarni institut talaba qizlari emas, balki havaskor raqs guruhi raqqosalari tomonidan ijro etilganligi ma`lum bo`ldi.

Mana shu daqiqalarda Oliy ta`lim vazirligida ilm-fanni rivojlantirish bo`yicha kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib, unda yutuqlar, natijalar, vazifalar belgilab berilayotgan bir paytda oliy ta`lim muassasalarida saviyasiz ma`naviy tadbirlar o`tkazilayotgani birinchisi emas.

Vazirlik bunday holatlarni keskin qoralaydi va oliygohlardagi ma`naviy axloqiy tadbirlarni tashkil etishda mas`ul bo`lganlarni aniqlab, ularga nisbatan qat`iy choralar ko`radi.

Mazkur holat bo`yicha tanqidlar keti sovimasdan, Toshkent shahridagi xalqaro  Vestministr universitetidagi holat ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`ldi.

Unda yoshlarning o`zaro raqs mubobaqasi aks etgan bo`lib, holat keskin tanqid ostiga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan biror rasmiy izoh berilgani yo`q. 

 

    Boshqa yangiliklar