"Uzbekistan Airways" 2022 yil 2 apreldan Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.






