Buxoro shahrida kuzatilgan muttasil yog`ingarchilik oqibatida joriy yilning 11-mart kuni kechki payt “Talipoch qal`a darvozasi”ning chap tomonidagi devor qulab tushgani haqida xabar berilgan edi.
Madaniy me`ros agentligining ma`lum qilishicha, qal`a devori qismini va Talipoch darvozasini ta`mirlash uchun Respublika byudjeti mablag`lari hisobidan 1,0 mlrd. so`m ajratilibdi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan “2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko`chmas mulk obektlarining Manzilli ro`yxati”ga asosan mazkur obektni ta`mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obektlari restavrasiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirda mas`ul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.






