AsosiyJamiyat

Samarqandda kirakashlardan har kuni o`lpon yig`ib oladigan zo`ravonlar qo`lga olindi

'Samarqandda kirakashlardan har kuni o`lpon yig`ib oladigan zo`ravonlar qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Paxtachi tumanida tezkor tadbir o`tkazilgani haqida xabar bermoqda.

Tadbir davomida, tumanning Ziyovuddin shaharchasi Istiqlol ko`chasida joylashgan dehqon bozori yonida “Ziyovuddin – Navoiy” yo`nalishi bo`ylab noqonuniy tashkil etilgan avtoturargohda kirakashlardan zo`rlik bilan kunlik 30 ming so`mdan "ulush" olib kelayotgan tumanning M.Ulug`bek ko`chasida yashovchi1995 yilda tug`ilgan X.I. hamda «Bog`onali» mahallasida yashovchi 1977 yilda tug`ilgan R.B.lar qo`lga olindi.

Ushbu shaxslar, haydovchilarni talab qilingan pullarni bermagan taqdirida ularni avtoturargohga kiritmaslik hamda hayoti va sog`ligiga tahdid qilish bilan qo`rqitib kelishgan.

 

    Boshqa yangiliklar