Ijtimoiy tarmoqlarga jamoatchilik faollari tomonidan Samarqand shaharida yashovchi L.Plaksinaning o`g`li onasining nafaqa pullari olib qo`yayotganligi, onaxonning o`zi shifoxonada yordamga muhtoj bo`lib yotganligi bo`yicha murojaat joylashtirilgan.
Ta`kidlanishicha, holat Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o`rganilgan.
O`rganishlar natijasida haqiqatdan ham Samarqand shahar Buyuk ipak yo`li ko`chasida istiqomat qiluvchi 1946 yilda tug`ilgan fuqaro L.Plaksinaning farzandi 1980 yilda tug`ilgan D.P. muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste`mol qilib, onasi bilan doimiy janjallashib kelayotganligi ma`lum bo`lgan.
Kelgusida onaxonga qilinishi mumkin bo`lgan tazyiq va zo`ravonliklarni oldini olish maqsadida unga himoya orderi berilib, ularning oilasi profilaktika inspektorining doimiy nazoratiga olingan.
D.P. bilan kelgusida bu kabi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan yakka tartibdagi profilaktik suhbat o`tkazilgan.
L.Plaksinaning sog`ligini tekshirish maqsadida tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.






