Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Oqdaryo tumani bo`linmasi bilan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro X.R. “B.t.” MChJ ta`sischisi F.X. bilan oldindan til biriktirib, MChJga Samarqand shahri, “Qorasuv” massividan Xitoy texnologiyasi asosida issiqxona qurish uchun ajratilgan 0,5 gektar sug`oriladigan er maydonidan belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan, issiqxona qurmasdan er maydonini fuqaro A.ga 60 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






