Dunyo bo`ylab barcha mamlakatlar COVID-19dan ziyon ko`rgani barchaga ma`lum. JSST ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil 12 mart holatiga ko`ra, dunyo bo`ylab qariyb 452 milliondan ortiq kasallanish holati va 6 milliondan ortiq o`lim qayd etilgan.
Bugun YuNICEF, O`zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Mark Vaylning “Ilhom” teatri bilan hamkorlikda tashkil qilingan “16/19” badiiy ko`rgazmasi ochildi.
Hamkor tashkilotlarning birgalikdagi sa`y-harakatlari odamlarni emlanish va boshqa profilaktika choralariga nisbatan o`z xatti-harakatlarini tanqidiy ko`rib chiqishga undash orqali COVID-19ga qarshi emlanishni targ`ib qilishga qaratilgan. Bu haqda Sanepidxizmat Matbuot xizmati xbar bermoqda.
Ko`rgazmaning “16/19” deb nomlanishida ramziy ma`no mujassam. Chunki 16 ta ijodiy ish COVID-19ning insonlarga ta`sirini aks ettiradi. Mualliflar turli shaxslarning COVID-19 sharoitidagi tanlovlari va harakatlari sababli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan oqibatlar haqida o`z nuqtai nazarlari bilan o`rtoqlashganini ko`rish mumkin.






