AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pensiya yoshiga etgan xodimlarni ishdan bo`shatish taqiqlanmoqda

'O`zbekistonda pensiya yoshiga etgan xodimlarni ishdan bo`shatish taqiqlanmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Nuroniylarni har tomonlama qo`llab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorni imzoladi

Unga ko`ra, endilikda xodimning pensiya yoshiga to`lgani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlanadi.

Qarorda nazarda tutilishicha, jamg`arma mablag`lari hisobidan parvarishga muhtoj va yolg`iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog`lomlashtiriladi.

Shu bilan birga sharoiti og`ir va kam ta`minlangan keksalarga shifokorlarning reseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.

Shu jumladan, og`ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo`lgan keksalarga shifokorlarning reseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo`lgan summasi kompensasiya qilinadi.

Bunda, dori vositalarining ro`yxati Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar