AsosiyJamiyat

“Vaqf” xayriya jamoat fondida to`plangan mablag`lar qaerga sarflangani ochiqlandi

'“Vaqf” xayriya jamoat fondida to`plangan mablag`lar qaerga sarflangani ochiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ko`rsatilgan yordam va xayriya ishlari haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy qo`llab-quvvatlash, ularga pul mablag`i, kiyim-kechak, oziq-ovqat, zarur maishiy hamda tibbiy texniklar va boshqa turdagi xayriyalar uchun O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida 1 milliard 76 million so`mlik mablag` ajratilgan. 
Shuningdek, moddiy yordamga muhtoj ammo, kasb-hunarga ega fuqarolar  uchun o`tgan 2021 yilda “VAQF ko`magi” loyihasi tashkil etilib, yurtimizning 6 viloyatidan 200 dan ortiq fuqarolarga kasb-hunaridan kelib chiqib, qandolat pechi, tikuv mashinasi, chilangarlik va payvandlash uskunalari xayriya qilingan. 

Natijada 200 dan ortiq xonadon o`z daromadiga ega bo`lishni boshladi. Mamlakatimizning olis va chekka hududlaridagi ichimlik suviga muhtoj 150 mingga yaqin aholi qatlami uchun 80 ga yaqin artezian quduqlari qazib chiqarilib, xayriya ishlari amalga oshirilgan. Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, 2018 yildan ayni vaqtga qadar fond tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 221 dona nogironlik aravachalari xayriya qilingan.  

    Boshqa yangiliklar