AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston YHXB boshlig`i o`z xodimlarini urdi (video)

'Qoraqalpog`iston YHXB boshlig`i o`z xodimlarini urdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonda YPX xodimiga qo`pol munosabatda bo`lib, ularni haqorat qilgan yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas`ulining videosi tarqaldi. Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV videodagi holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, tasvirlar 2021 yilning fevraliga tegishli.  Videoda Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xo`janov ma`muriy bayonnomalar kam tuzilgani uchun qo`l ostidagi xodimlarni haqoratlab, urgani tasvirlangan.

Vazirlik ma`lumotlariga ko`ra, videotasvirdagi holat, 2021 yilning 14 fevral kuni sodir bo`lgan. Bu bo`yicha Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi kapitan B.Xo`janovga nisbatan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni bo`yicha, kapitan B.Xo`janov qo`l ostidagi xodimlarga qo`pol munosabatda bo`lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun ‘lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish’ qattiq intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan», — deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar