AsosiyJamiyat

OTMlarda kontrakt to`lash muddati 1 aprelga qadar uzaytirildi

'OTMlarda kontrakt to`lash muddati 1 aprelga qadar uzaytirildi'ning rasmi

Ko`pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta`lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda,  talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta`minlash bo`yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2021/2022 o`quv yilida oliy va professional ta`lim muassasalari talaba va o`quvchilar o`qishi uchun  kontrakt miqdorini to`lashning so`nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda. 

 Ushbu muddat quyidagilar:

  • to`lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • to`lov-kontrakt asosida professional ta`lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o`quvchilikka tavsiya etilganlar;
  •  tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar