O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida xalqaro avtobus yo`nalishlarida yo`lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat`iy rioya etgan holda qayta tiklash jarayoni boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun Olmaota – Toshkent yo`nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi. Qozog`istonning Olmaota shahridan yo`lga chiqqan avtobus soat 14:00 da “Toshkent” avtovokzaliga etib keldi.
Shuningdek, o`zbekistonlik tashuvchilar tomonidan bugun Toshkent – Olmaota yo`nalishda dastlabki texnik qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Texnik qatnovlar natijasidan kelib chiqib, ommaviy chiptalarni sotish kuni va yo`l kira tariflari qo`shimcha ravishda e`lon qilinadi.
Dastlabki, bosqichda O`zbeksiton va Qozog`iston o`rtasida Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo`rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo`nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.