AsosiyJamiyat

O`zbekiston biatlon federasiyasiga rais saylandi

'O`zbekiston biatlon federasiyasiga rais saylandi'ning rasmi

Mudofaaga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashida O`zbekiston biatlon federasiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Videokonferensiya shaklida o`tkazilgan yig`ilishda federasiya raisi va rais o`rinbosari lavozimlariga nomzodlar ko`rib chiqildi. Mudofaa vazirining o`rinbosari Qodirjon Tursunov federasiya raisi, “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi o`rinbosari Alisher Abdusamatov rais o`rinbosari lavozimiga saylandi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Konferensiya davomida shuningdek, federasiyaning istiqboldagi rejalari belgilab olindi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning yanvar oyida Adliya vazirligi tomonidan O`zbekiston biatlon federasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan edi.

    Boshqa yangiliklar