AsosiyDunyo

Yaponiyada 7,3 balli zilzila sodir bo`ldi

'Yaponiyada 7,3 balli zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Yaponiyaning shimoli-sharqida 7,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma`lumoti  asosida Gazeta.ru xabar bermoqda.

Yaponiya meteorologiya agentligining ma`lum qilishicha, zilzila o`chog`i 60 km chuqurlikda bo`lgan. Favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushirildi.

Yaponiyaning ikki prefekturasi - Miyagi va Fukusimada sunami xavfi e`lon qilindi, uning balandligi bir metrga yaqin bo`lishi mumkin.

Tokioda ham kuchli to`lqinli silkinishlar sezildi. Aholi boshpana topishga chaqirildi.

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar