Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda 2021 yil iyul oyida bloklangan Twitter, TikTok va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlarining sayti, mobil internet versiyasi hamda ilovasi erkin ochilishni boshladi degan xabarlar paydo bo`ldi.
"Bu nima bog`liq ekanligi haqida hozircha rasmiy ma`lumot yo`q. Ijtimoiy tarmoqlarning ochilishi qancha vaqt davom etishi ham aniq emas", - deyiladi xabarda.
Avvalroq O`zbekistonda qaysi ijtimoiy tarmoqdan ko`proq foydalanilishi borasida ma`lumot bergan edik.






