AsosiyDunyo

Yaponiyadagi zilzila oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 69 kishi jarohatlangan

'Yaponiyadagi zilzila oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 69 kishi jarohatlangan'ning rasmi

Yaponiya shimoli-sharqida sodir bo`lgan kuchli zilzila oqibatida bir kishi halok bo`ldi, kamida 69 kishi jarohat oldi. Bu haqda NHK agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, Fukusima va Miyagi prefekturalarida 130 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qolmoqda. Sharqiy prefekturalarda, jumladan Tokioda ikki mingga yaqin uy elektrsiz qolgan, poezd harakatlari butunlay to`xtatilgandi. 

Eslatib o`tamiz, chorshanba kuni Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar