Isroilda xorijdan qaytgan ikki yo`lovchida koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Bu haqda "Mir 24" xabar berdi.
“Sog`liqni saqlash vazirligi yo`lovchilar mamlakatga etib kelganidan so`ng o`tkazilgan PZR testlari "omiron" varianti va uning "BA.2" varianti (“yashirin omikron” ) kombinasiyasi bo`lgan variantni aniqlaganini ma`lum qildi", - deyiladi xabarda.
Manbada aytilishicha, yo`lovchilarda kasallikning engil belgilari – bosh og`rig`i va isitma bor kuzatilgan, Biroq ularning kasalxonaga yotqizishga xojat yo`qligi aytilgan.
Bar-Ilan universitetining immunologi va professori Kirill Koenning so`zlariga ko`ra, kovidning yangi varianti boshqa shtammlarni siqib chiqara olmaydi.






