"Toshshahartransxizmat"ning 2022 yil 11 martdagi buyrug`iga asosan, Navro`z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2022 yil 21, 22, 23 mart kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.
Unga ko`ra,
- 2022 yil 21 mart dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida. Yo`nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;
- 2022 yil 22 mart seshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022 yil 23 mart chorshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo`yildi.






